Turkmaniston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifiga doir |
20.02.2009 6:34 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbonguli Berdimuhammedov 24-25 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Tashrif chog‘ida O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligini rivojlantirish va kengaytirish masalalari, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar muhokama qilinadi. Muzokaralar yakunida ikki davlatning turli sohalardagi hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilmoqda.
|